1. Auditorlik tanlash tushunchasi



Yüklə 100 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü100 Kb.
#127373
1   2   3
АUDITОRLIK TАNLАSH VА UNI QO`LLАSH TАRTIBI

Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.


  • Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.


  • Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.

    Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda bajarish chog’ida vujudga keladi.

    Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tek-shirishda qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar tomonidan raqamlanishi va tartib raqam-lari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p hollarda esa mijoz-korxonadagi huj-jatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi statistik tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradigan bir xillik buziladi.

    Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’p-roq mijoz-korxonada buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.



    Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga 1tekshiradi. Amaliyotda ko’p hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’-lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami shuncha yuqori bo’ladi.
    ADABIYOTLAR RO’YXATI

    1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

    2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

    3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

    4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

    5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

    6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

    7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

    Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.

    1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

    А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.

    1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.

    2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.

    Yüklə 100 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin