Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining texnik holatini aniq belgilash va buzilishlarsiz ishlash rejimini oldindan aytib berish uchun har bir avtomatlashtirishning texnik vositasini tekshirish kerak. Texnologik jarayonlar va sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish sharoitlarida agregat va mexanizmlarini o‘rnatilgan joylaridan yechmasdan tekshirish maqsadga muvofiq. Bunday tekshirish texnik diagaostikalash deyiladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ishlash qobiliyati – bu uning shunday holatiki, unda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining belgilangan parametrlar miqdorlarini me‘yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z vazifalarini bajara oladi. Yox va Yi – oxirgi va qabul qilish mumkin bo‘lgan texnik holat parametrining qiymati; Yb – boshlang‘ich yoki berilgan texnik holat parametrining qiymati; Lр – texnik holat parametrining oxirigacha ishlash vaqti; L0 – eng qulay TXK davriyligi qiymati. Sb va Sтох – boshlang‘ich va oxirgi ishlash vaqtining qiymati. Yi – joriy vaqtdagi texnik holat parametrining qiymati.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari holati va ularning ishlash qobiliyatining ko‘rsatkichlari TXK jarayonida katta o‘rin tutadi. Ular, birinchidan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sozligini nazorat etuvchi va kerakli sozlash, ta‘mirlash ishlari hajmini aniqlovchi vosita bo‘lsalar, ikkinchidan, texnik resursni yoki navbatdagi TXK gacha bo‘lgan buzilishlarsiz ishalash davomiyligini aniqlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Avtomatlashtirishning texnik vositalari holati va ularning ishlash qobiliyatining ko‘rsatkichi yangi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishlagan vaqtidan boshlab toki birinchi marotaba buzilish sodir bo‘lgunchao‘zgaradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
REJA Avtomatlashtirish va avtomatlashtirish asboblari..............
Diagnostika. Texnik diagnostika.........................................
Diagnostikaning maqsad va vazifalari...............................