1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tarixi Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari


Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 250,03 Kb.
səhifə4/10
tarix08.01.2023
ölçüsü250,03 Kb.
#122061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Axborot texnologiyalari evolutsiyasi

Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari
«Texnologiya» grekcha so’z bo’lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui tuShunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom ‒ ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tuShuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’yekt, jarayon yoki xodisa to’g’risidagi sifat jihatidan Yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab beradi. Ularning asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo’ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob ‒ uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo’lmasligi) tayyor mahsulot ko’rinishida natijalar olish uchun zarur bo’lgan texnologik operatsiyalar ro’yhatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo’yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob ‒ uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo’llamasdan), amalda o’sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob ‒ uskunalar bilan uni bajarish o’ta murakkab bo’lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni yaratish vazifasi qo’yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo’qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda, tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o’zgarish jarayoni tuShuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning sifati yoki boshlang’ich holatini o’zgartiradi(1.2-rasm).


Moddiy Mahsulotlar Ma’lu Axborot
resurslar motlar mahsuloti

Axborot

M
1.2 - rasm. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari moddiy resurslarni qayta ishlash texnologiyasining analogi sifatida.

Axborot Shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish mumkin.



Yüklə 250,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin