Axborot texnologiyalari (AT) – bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash yo’lidir. AT informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik revojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning Yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
AT - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va Shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi.
AT fan sifatida metodologik va uslubiy holatlarni tashkillashtirish, instrumental - texnik vositalardan foydalanish usullari va h.k. o’z ichiga oladi. Yangi ilmiy bilimlarni aniq axborot texnologiyalariga transformatsiya qilinishi ‒ fan sifatida axborot texnologiyalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Axborot atamasi lotincha “Informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zbekchada tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi.
O’z navbatida, xabar- axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k ko’rinishlarda ifodalanadi.
Umuman olganda, axborot ‒ bu odamlar orasidagi, odamlar bilan eHM lar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir. Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, Shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorligini o’z ichiga oladi.
“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60 ‒ yillarida Fransiyada vujudga keladi. U informatsiya va avtomatika so’zlarini birlashtirishdanb hosil bo’lib, “ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani deb ataladi. Mustaqil fansifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqalarning umumiy prinsplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnalogiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini yaratish bilan Shug’ullanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma’lumotlardan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan korxona vaShu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.