1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tarixi Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 250,03 Kb.
səhifə9/10
tarix08.01.2023
ölçüsü250,03 Kb.
#122061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Axborot texnologiyalari evolutsiyasi

5. Konvergensiya. Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, Shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
Shunday qilib, Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur tendensiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:
har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy(personal) hisoblashlarni amalga oshirish;
xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;
tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslaShuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo’lishi;
elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
tashkilot integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish.


Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida qo’llash
Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan, ularga ko’ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud va algoritmlar hamda ularni qayta ishlashning boshqa standart protseduralari ma’lum. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doi­mo takrorlanuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo’lmagan malakali xodimlarning ijrochilik faoliyati darajasida qo’llaniladi. Shu bois ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bu darajada qo’llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal etish mum­kin:

  1. firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;

  2. firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

  3. istalgan joriy so’rovlarga javob olish va ular­ni qog’oz hujjatlari yoki hisoblari ko’rinishida rasmiylashtirish.

Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bir necha o’ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi jihatlar bi­lan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:
• ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha firmaga za­rur bo’lgan vazifalarni bajarish. Har bir firma o’z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo’llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois ham istalgan firmada ma’­lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo’lishi va tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishi lozim faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal etish, uning algoritmini ishlab chiqish mumkin;
• qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini ko’zda tutadi;
• odam kam katnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;
• detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish.
Taftish o’tkazishga yo’l qo’yuvchi, firma faoliyati haqida tahlil xususiyatga ega yozuvlarni amalga oshirish. Taftish jarayonlarida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;
• voqealar ketma-ketligiga (xronologiyasiga) urg’u berish;
• boshqa darajadagi mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishda kam yordam talab qilish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlari quyidagilardan tarkib topgan:

Yüklə 250,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin