Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o‘uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi.
- Fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitutsion-somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi.
somatik (Yunon tilidan soma- tana) tana bilan boғliғ, organizmdagi psixikagaқarama-қarshi bўlgan ҳolat.
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aksentuatsiyaSida (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab-ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aksentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir.
Xarakter aksentuatsiyasi – xarakterning aloҳida xususiyatlarining 10ta kuchli ifodalanishi қuyidagi tiplari ajratiladi: AX:1
Xulosa:
Ijtimoiy ishda deviant xulqli bolalar o'zaro aloqani yaxshilaydigan va ularning axloqiy tarbiyasini oshiruvchi texnologiyalar mavjud. Bu texnologiyalar o'rtasida internet platformalari, mobil ilovalar va onlayn ta'lim vositalari kiritilishi mumkin. Ijtimoiy ish xodimlarining bunda o'z vazifalariga binoan roli katta. Ularning vazifalari ichida deviant xulqli bolalar bilan aloqani mustahkamlash, ularning zamonaviy digital dunyoga muvofiq tarbiyasini tashkil etish va ularning ijtimoiy integratsiyasi uchun yordam berish saylanadi. Ijtimoiy ish xodimlari deviant bolalar bilan boshqa tashkilotlar, shu jumladan ma'muriy organlar, psixologlar va pedagoglar, o'rtasida hamkorlik qilishadi va ularni ijtimoiy ishdan tashqarida qolmasliklari uchun harakat qilishadi. Bu texnologiyalar va ijtimoiy ishning xodimlari tomonidan olib borgan keng qamroq ishlarning yordamida, deviant xulqli bolalar jamiyatning bir qatrasida qolmasliklari uchun kerakli yordamni va ta'minotni oladilar
Adabiyotlar: Zaxarov.I.A. “Kak predupredit otkloneniya v povedenii rebenka”. M, 1986
Azbuka nravstvennogo vospitaniya. M, 1979
Antonyan.Y.Midr. Neblogopriyatniye usloviya formirovaniya lichnosti v detstve i voprosi preduprejdeniya prestupnosti. M, 1983.
Nishanova.S. Ma’naviyat darslari. T “O‘qituvchi”, 1994.