1. Badiiy asar ustida ishlashning asosiy bosqichlari


" Ulugʻlarni oʻrganmoq-oqillik" boʻlimini takrorlashga oid dars ishlanma



Yüklə 117 Kb.
səhifə5/6
tarix20.09.2022
ölçüsü117 Kb.
#117885
1   2   3   4   5   6
Ulugʻlardan oʻrganmoq oqillik kurs ishi to\'liq

" Ulugʻlarni oʻrganmoq-oqillik" boʻlimini takrorlashga oid dars ishlanma.
Sana:
Sinf: 3 - sinf
Fan: O’qish
Mavzu: “Ulug’lardan o’rganmoq – oqillik “ bo’limi yuzasidan takrorlash.
Darsning maqsadi:
Taʼlimiy:O‘quvchilarning “Ulug’lardan o’rganmoq – oqillik “ bo’limi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy:O‘quvchilardni ajdodlarimiz an’analarini hurmat qilish,e’zozlash ruhida tarbiyalash. Ular bilan faxrlanihissini uyg’otish.sh
Rivojlantiruvchi:O‘quvchilarni mustaqil bo’lishga, ijodiy qayta hikoyalashga o’rgatish, nutqini o’stirish.
Tayanch kompetensiya: milliy va umuminsoniy kompetensiya -vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish,badiiy va san’at asarlarini tushunish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Fanga oid kompetensiya: mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea- hodisalar mazmunini tushunib,qayta hikoya qila oladi,asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.
Dars turi: mustahkamlovchi
Dars metodi: savol-javob, rolli - syujetli, slayd
Dars jihozi: ajdodlarimiz va 8-Mart ayyomi tasviri tushirilgan plakatlar, boshqotirma, bahor nafasi ufurib turadigan:qaldirg’och, gullar, guruh nomlari va emblemalar, baholash plakati
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) “Shiorimiz
Vatan bizning belanchagimiz,
Biz vatanning kelajagimiz.
b) salomlashish
c) navbatchi nazorati
d) davomatni aniqlash
II. Oʻtgan darsni takrorlash.
Uyga vazifa og’zaki savol javob usulida so’rab o’tiladi. Savollarning javoblari orqasida yashiringan bayram sovg’asini topishlari kerak bo’ladi.Sovg’a esa savollarga to’g’ri javob bergan holdagina ochiladi.
Shahriyor:
“Bahor”sheri
Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi,yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda ,qirlarda bahor.
Nigina;
“Zulfiyaxonim bo’laman”
Mening orzuyim bitta,
Men shoira bo’laman.
Zulfiyadek she’r yozib,
“Zulfiyaxonim “bo’laman
Muzaffar:
Men dunyoda eng baxtli inson,
Chunki onamning ,chehrasi shodon.
Baxtimga ,bo’ling omon,
Hech yig’lamang,faqat onajon.
Amina:
Onajonim ,mehribonim,
Poyingizga satqa jonim.
Jamiyki tilaklarim,
Siz bor charog’on osmonim.
Buyuk bobolarimiz siymosi
Muzaffar, Feruza: Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Navoiy bobomizni shunday , ta’riflaganlar: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Ravshan, Amina: Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug’ilgan.O’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili buyuk shoir,tarixchi,davlat arbobi,sarkarda boburiylar sulolasi asoschisi.Asarlari aytiladi
Temur, Aslbek:Sohibqiron bobomiz Amir Temur 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning ko’rkam shahri Shahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topganlar.15 yoshga yetganida ot minib, ov qilishni sevib qoldi.
Abduvohid, Nilufar: O’rta asrning qomusiy olimi, astronomiya, fizika, geodeziya, geologiya, minerologiya, tarix kabi fanlarga munosib hissa qo’shib, 160 ga yaqin asarlarni meros qoldirgan.
Nozima: “Osor ul-boqiya” , “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” , “Minerologiya” , “Astronomiya kaliti” , “Fizika” , “Hindiston” , “Saydona” kabi asarlari mashhurdir.
Muxriddin, Nigina: Ibn Sino Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri. Uning to’liq ismi Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bo’lib,u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Uning “Tib qonunlari” asari mashhurdir.
Ziyod: O’gitlari: Ko’p dardga asos Hadeb voy-voylash,
Shamollash, xolos. Yomonlik poylash.
Navoiy va Bobur ruboiylari aytiladi
Feruza:Farzand ato qullug’in chu odat qilg’ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg’ay.
Har kimki atog’a ko’p rioyat qilg’ay,
O’g’lidin anga bu ish siroyat qig’ay.
Abbos: Zohid,sanga – hur-u,manga – jonona kerak,
Jannat sanga bo’lsun,manga – mayxona kerak.
Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la,yona kerak.
Nigina:Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,
Har nechaki ag’yor dudur yor aylar.
So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar,
Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar.
Hojakbar:Zevar kishiga ne toju ne afsar bil,
Ul zevar adab birla hayo darxar bil.
Har kimki adabsizdur,ishin abtar bil,
Alqissa eranlarg’a adab zevar bil.
Shirin:Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulru kelmadi
Ko’zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi
Lahza-lahza chiqtim-u chekdim yo’lida intizor
Keldi jon og’zimg’ayu ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Malika:Har kimki,vafo qilsa- vafo topqusidir!
Har kimki,jafo qilsa- jafo topqusidir!
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki,yomon bo’lsa- jazo topqusidur!
Shahriyor:Hijron qafasidajon qushi ram qiladur,
G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoq-u g’urbat sharhin
Kim,ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur?
Malika:Ko’ngli tilagan murodg’a yetsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar o’lmasa olamda
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
Temur:Ko’pdin berikim,yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.
Nilufar:Yod etmas emish kishini g’urbatta kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatta kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi,oh,
G’urbatta sevunmas ermish,albatta,kishi”19.
O’quvchilar dars davomida rag’batlantirib boriladi.
III.Dars yakuni: o’quvchilarni baholash.
IV.Uyga vazifa:o’tilgan mavzularni o’qib kelish.

Xulosa
Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va harakterli xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning harakterini aniqlab olishga yordam beradi.
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o’qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o’stirishga yordam beradi.Tanlab o’qish ongli va ifodali o’qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish bilan birga qo’shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o’stirishga imkon beradi, shuning uchun undan o’qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o’qish matn rejasini tuzishda ( matn qismiga uning mazmunini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g’oyasini aniqlash (g’oyani anglatgan o’rinni topib o’qish)da tatbiq etiladi.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin