1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari


Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari



Yüklə 255,62 Kb.
səhifə5/11
tarix18.10.2023
ölçüsü255,62 Kb.
#130562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'zbekistonda banklar

3. Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari
Milliy valutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • monetar siyosatni va valutani boshqarish siyosatini shakllan-tirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizi-mini yaratish;

  • banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta zaxirasini saqlash va uni boshqarish;

  • Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa ijro-sini uyushtirish.

Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarishi, pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 23-moddasiga muvofi q key ingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot berishi lozim. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pulning yuqori sur’atlarda qadrsizlanishini sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib Markaziy bank muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning qadrsizlanishi kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miqdorini yillik o‘stirish sur’atlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valuta siyoatini amalga oshirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurl igiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy hodisalar; pulning qadr sizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.
3-chizma


Minimal majburiy zaxiralar siyosati




Qayta moliyalashtirish siyosati




Ochiq bozor siyosati

Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa usullardan foydalanib, pul massasini boshqarib bo rishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofi qlashtirish va infl atsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir. „Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomda belgilangan majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el valutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va jamg‘arma sertifi katlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‘g‘risidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan yetishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklaridan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning yetkazib berilgan mollari ning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotish huquqiga ega. Tijorat banki vekselni sotib olganda, unda ko‘rsatilgan summa dan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni Markaziy bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz-hisob stavkasini ushlab qoladi. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankn ing hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o‘rnatadigan hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib boriladi:

  • tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan kreditlash;

  • tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi;

  • to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli.

Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar berishi mumkin:

  • oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari va boshqa boyliklar;

  • davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat-langan boshqa qarz vositalari.

Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar to‘lanishiga banklar asosida kreditlar berishi mumkin.
Bank faoliyatida tavakkalchilikning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib ketmasligi bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. Tavakkalchilik doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya etilishi majb uriy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisod iy me’yorlarni, shu jumladan:

  • kapitalning yetarlilik koeffi tsiyentini;

  • bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guru-higa tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;

  • yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;

  • likvidlilik koeffi tsiyentlari va boshqalarni belgilaydi.

Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega.

Yüklə 255,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin