Reja:
1. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari.
2. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi.
3. Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.
4. Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va
yopish tartibi, qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish
tartibi.
Tayanch so‘z va iboralar: Depozit hisobvarag‘i, talab qilinguncha
saqlanadigan depozit, muddatli depozit, jamg‘armali depozit, ariza, nizom, imzolar
va muhr namunasi, identifikatsiya raqami, shartnoma, hisobvaraqlar nomeri, milliy
valutada ochilgan hisobvaraq, chet el valutasida ochilgan hisobvaraq, maxsus xos
raqam, valuta kodi.
“Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank
ko‘rsatmalariga asosan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona,
tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining
birida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu
mijozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi.
Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank
mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu
hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini
o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi
to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi
natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy
munosabatlardir.
Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘‘O‘zbekiston
Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
(Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga
kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi.
Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
talab
qilinguncha
saqlanadigan
(muddatsiz)
depozit
hisobvaraqlari;
jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
muddatli depozit hisobvaraqlari;
depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, muddatsiz,
foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar;
ssuda hisobvaraqlari.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi
korxonalari va savdo tashkilotlarining o‘z mablag‘larini saqlash va joriy
operatsiyalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan maxsus hisobvaraqlari ham shular
jumlasidandir.
Budjet muassasalariga respublika va mahalliy budjet hisobidan ajratiladigan
mablag‘larni keltirish hamda shu mablag‘lardan foydalanish uchun ularga talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Bank tizimi faoliyatining jahon standartlariga o‘tkazilishi munosabati bilan
juda ko‘plab o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, korxona va tashkilotlarning
operatsiyalari o‘tkaziladigan hisob-kitob hisobvaraqlari “talab qilinguncha
saqlanadigan depozit” hisobvaraqlari deb nomlandi. Bu hisobvaraqlarni nomerlash
tartibi ham o‘zgardi. Mijozlar hisob-kitob va kassa xizmatlaridan foydalanish
uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Har bir mijozga milliy va xorijiy
valutada talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq faqat bitta
bankda ochiladi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka
tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy valyutada talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi xujjatlarni
taqdim etishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka
tadbirkorlar-yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan
“Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan
o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;
48
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega
bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.
Shaxsni tasdiqlovchi xujjat ko’rsatilganda bank tomonidan uning
kseronusxasi olinadi va mijozga qaytarib beriladi.
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning har biri ma’lum
maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan bank
boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, boshqaruvchisi
tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng hisobvaraq ochish uchun ruxsatni bank
boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisobvaraq ochish uchun roziligini arizaga
maxsus ajratilgan joyga o‘z imzosini qo‘yish orqali bildiradi.