Salavkiylar davlati haqida ma’lumot bering.
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketdi. Bu davlatlar Alek sandr ning eng
yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, mil. avv. 312-yilda kichik Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavka davlatining tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfi ya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona kirar edi. Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta O siyoni alohida viloyatlar – satrapliklarga ajratdi. Ularning har biriga boshliq satrap hu kmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglarshug‘ullanar edi. Salavk o‘z o‘g‘li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyonaga noib etib tayinladi. Antiox ulkan davlat boshida
turib, uni 20 yilga yaqinboshqardi.
Dostları ilə paylaş: |