1. Afinada davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.
Afina shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edilar. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun har oyda to‘rt marta agorada yig‘ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiyadeb ataladi, ya’ni bu atama «xalq hokimiyati» degan ma’noni anglatadi («demos» – xalq + «kratos» – hokimiyat). Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo‘lmagan hunarmandlar, savdogarlar va dehqonlardan iborat bo‘lgan. Xalq majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan. Navbatdagi majlis bo‘ladigan kun oldindan e’lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt tayinlanar, chunki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi.
Dostları ilə paylaş: |