Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirganlar. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlar edi. Bu majlisning qarorini Senattasdiqlagan, lotinchadan tarjima qilinganda «senat» so‘zi «oqsoqollar kengashi» degan ma’noni anglatadi. Rimning tub aholisi patritsiylar, Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari plebeylardeb atalgan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan. Lotinchadan tarjima qilinganda «respublika» so‘zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma’nolarni anglatadi («res» – ish, «publika» – xalq). Xalq majlisi patritsiylardan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan. Ular konsullardeb atalgan. Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat kishilar «kandida» deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza bo‘lishi kerakligini bildirgan.