Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi. Yunonlarda 200 ta harbiy kema – triyeralarmavjud edi. Bu kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o‘tar, o‘sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan. Yunon shahar-davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldi.