1-bilet qadimgi Misr davlati


Yunonistonning qulashi haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə34/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
6-sinf tarix javoblar

2. Yunonistonning qulashi haqida ma’lumot bering.

Yunoniston shaharlari birbirlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardilar. Filipp II Yunonistonga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II qo‘shinlariga qarshi Afi na ittifoqiga qo‘shiladi. Mil. avv. 338- yilda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Beotiyadagi Xeroniyashahri yaqinida to‘qnashadilar. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy hiyla qo‘llagan yunonlar ustunlikni qo‘lga oladilar. Makedonlar chekina boshlaydilar. G‘alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki bo‘lakka ajraladi. Ana shu bo‘laklardan biriga Filipp II ning o‘g‘li Aleksandrqo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich zarba beradi. Yunon qo‘shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. Jangda yunonlarning aksariyati halok bo‘ldi. Xeroniya ostonasidagi jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi. «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», degan edi Demosfen.




Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin