18-BILET
Sparta shahar-davlati.
Mil. avv. XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga d oriylarqabilasi bostirib
kirdi. Ular Sparta shahar-davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy aholi – ilotlar ham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda so‘zlashgan. Ilotlar spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o‘z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o‘z davlatlarida alohida shart-sharoitlar yaratdilar, jumladan, hamma qat’iy intizomga amal qilar, yengilganlar shafqatsiz jazolanardi. Sparta urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir shaharga o‘xshab qolgan. Chet elliklar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. Hamma uylar bir-biriga o‘xshatib qurilgan. Ilotlar kichik-kichik qishloqlarda yashaganlar. Ular butun boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berib, chorvani boqishgan va boshqa majburiyatlarni bajarishgan. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmaganlar. Ilotlardan tashqari Spartada to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar – perieklarham yashagan. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli jangchilar nihoyatda qadrlangan. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o‘rgatib bo‘lajak jangchilar va Spartaning sodiq himoyachilari etib tarbiyalashardi. Spartalik o‘smirlar ota-onalaridan alohida yashaganlar. Yigirma yoshga to‘lgan hamma yigitlar jangchi qo‘shinlariga qabul qilinib, qo‘shinda keksa yoshga qadar xizmat qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |