Mil. avv. 3-ming yillikda Eronning janubig‘arbiy qismida Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan.
Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa tomon istilochilik yurishlari haqida ma’lumot bering.
Aleksandr miloddan avvalgi 336-yildaMakedoniya podshosi bo‘ladi. Shu yili u 20 yoshga to‘lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g‘ayrioddiy kuch-g‘ayrat va jasurlik sohibi bo‘lgan. Safdoshlari va qo‘shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda o‘z hukmronligini mustahkamlash maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Mil. avv. 330-yildaMakedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan oxirgi shoh Doro III ningqo‘shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo‘shinlarining orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo‘ysundirishga qaror qildi. O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi. Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoni zabt etganidan so‘ng Panjobo‘lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o‘lka aholisi bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib borib, shundan keyin Bobilga qaytib ketadi.