1-bilet qadimgi Misr davlati


Buyuk ipak yo‘lining vujudga kelishi haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə58/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
6-sinf tarix javoblar

Buyuk ipak yo‘lining vujudga kelishi haqida ma’lumot bering.

Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi. Bu yo‘l miloddan avvalgi II asrdavujudga kelgan va «Buyuk meridianal yo‘l» deb atalgan. Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo‘li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo‘lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha shaharlar joylashgan. Buyuk Ipak yo‘lining tarixi Sharq va G‘arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu o‘zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan.
Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin