5-BILET
Afina davlati.
O‘rta Yunonistoning janubi sharqiy qismida tog‘ lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. 2-ming yillikda Attikaning g‘arbiy qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. Borabora Akropol tevaragiga odamlar ko‘chib kelib o‘rnasha boshladilar. Shu tariqa Afi na shahri vujudga keldi.
Attika aholisi uchta katta guruhga bo‘lingan, jumladan: fuqarolar, chet elliklar – meteklar
va qullar. Otasi va onasi ozod afinalik bo‘lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo‘la olgan. Afina davlati fuqarosi bo‘lish faxrli edi. Faqat fuqarolargina barcha huquqlardan foydalana olardilar. Ular og‘ir mehnat va salomat likka zarar yetkazuvchi ishlardan
ozod qilingan edilar. Afi na davlatiga kumush konlarining mahsuloti va tuz qazib olish katta daromad keltirgan. Bundan tashqari, Afina dengiz ittifoqi mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topadi. Afi naning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga xilma-xil tovarlar bilan qullar ham keltirilgan.
Davlatni boshqargan shaxslar: Drakont, Solon, Perikl
Dostları ilə paylaş: |