Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini qabul qilgan. Bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbara bir necha kvadrat kilometr maydonga joylashgan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni «qo‘riqlash» uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloniga Lyu Ban boshchilik qilgan. Qo‘zg‘olonchilar poytaxtni egallab oladilar. Shu tariqa Sin podsholigi tugatildi va Xansulolasi hukmronligida yangi davlat barpo etildi.