1-bilet qadimgi Misr davlati


Misrliklarning mashg‘ulotlari haqida ma’lumot bering



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə24/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
6-sinf tarix javoblar

Misrliklarning mashg‘ulotlari haqida ma’lumot bering.

Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda misrlik dehqonlarning hosili ham barakali bo‘lgan. Misrlik dehqonlar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi.

Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach, urug‘likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o‘tishgan. Mehnat qurollari takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi. Misrliklar sigir, qo‘y-echki, cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala ishlarida foydalanishgan. Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib olish ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida ular dam olishar va urug‘likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu mahalda barcha dalalarni suv bosardi. Kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni sonsanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon saqlardi.




Yüklə 63,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin