1-bilet qadimgi Misr davlati


-BILET Rim imperiyasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring



Yüklə 63,29 Kb.
səhifə37/58
tarix01.01.2022
ölçüsü63,29 Kb.
#107091
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
6-sinf tarix javoblar

19-BILET

  1. Rim imperiyasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.

Qadimgi zamonlarda rimlik zodagonlar bo‘lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo‘jalikda qullar ham unchalik ko‘p emasdi. Vaqt o‘tib rimliklar turmushida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Badavlat ki shi lar yashaydigan tepaliklar bag‘rida tomosha bog‘lar va chorbog‘lar ko‘p, havosi esa pastlikdagi joylardagiga qaraganda ancha toza bo‘lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar. Oddiy rimliklar tepaliklar o‘rtasidagi tekis joylarda yashagan. Bu yerlarda ko‘chalar tor va iflos bo‘lgan: axlatni to‘g‘ri ko‘chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi. Chunki Italiyaning to‘rt tomonidan xonavayron bo‘lgan dehqonlar poytaxtga ko‘chib kelardilar. Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun

«termalar»deb atalgan ko‘rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha «termos», «issiq» so‘zidan kelib chiqqan). Arzimas to‘lov evaziga har bir rimlik termalarga tushish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu yerda suzish uchun hovuzlar, sport zallari mavjud edi.

Termalar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona ham bo‘lgan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan. O‘sha kezlarda hatto shunday bir maqol to‘qilgan: «Barcha yo‘llar Rimga boradi». O‘rmonlar, tog‘lar va botqoqlar orqali yo‘llar o‘tkazilgan. Yo‘llar bilan bir qatorda, Rimda suv o‘tkazish tizimi – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo‘lib, tog‘dagi buloqlardan suvning o‘zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o‘tkazish uchun akveduklar – anhorlarning yuqori qismidan o‘tkazilgan ko‘priklar qurilgan. Ulkan ko‘priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo‘lmish betonni ixtiro qilishgan.



  1. Yüklə 63,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin