Xristianlikning vujudga kelishi haqida ma’lumot bering.
Milodiy I-asr boshlarida Rim hokimiyati ostida bo‘lgan Falastin yerlaridagi Vifleemshahrida «Xudoning o‘g‘li» nomini olgan Iso tug‘ilganligi haqida rivoyatlar keng tarqala boshlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, 30 yoshida Iso o‘n ikki nafar havoriylari (apostollar) bilan Falastin bo‘ylab sayohat qilib, Xudo oyat lari haqida hikoya qilib beradi va mo‘jizalar ko‘rsatadi – yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni davolaydi. Mahalliy ruhoniylar Iso payg‘ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o‘lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, Isoni yer yuzidagi ilk inson – Odam ato dafn etilgan Golgofa tog‘ida xochga tortganlar. Vafotidan keyin murdasini bir g‘orga qo‘yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganlarida Iso Masih jasadi qo‘yilgan joyida yo‘qligini ko‘rishadi. Odamlar Iso payg‘ambarning qayta tirilib, me’rojga ko‘tarilishiga va Yer yuziga qaytib kelishiga ishonganlar. Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so‘z «Xushxabar» ma’nosini anglatadi. Iso payg‘ambar ta’limoti izdoshlari xristianlardir. Shogirdlari apostollar (havoriylar) deb atalgan. Xristianlar jamoalariga yepiskoplarpeshvolik qiladi. Milodiy I asr– xristianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqardi.