Urartu davlati Kavkazortidagi, hozirgi Turkiya sharqiy qismida va Armaniston hududlarida joylashgan. Aholisini urartlar deyishgan. Mil. avv. IX–VIII asr boshlarida Sardur I va Menua davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g‘alaba qozonadilar. Ammo keyinroq ossuriyaliklarning qo‘shinlari urartlarni tor-mor etib tashladi. Teyshebaini shahridagi qal’a ishg‘ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi.