1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar



Yüklə 350,61 Kb.
səhifə2/11
tarix26.11.2023
ölçüsü350,61 Kb.
#135364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash

Bino turlari
Bino loyihasini yaratishda iqtisodiy talablar bilan bir qatorda xonalarning katta-kichikligi va shakli, jihozlari, aholining talab va ehtiyojlariga mos kelishi ham e’tiborga olinishi kerak.
Texnik talablar masalalarini hal qilishdagi iqtisodiy muvofiqlik binoning mustahkamligi, ustivorligi va uzoqqa chidamliligi ta’minlanishi bilan bir qatorda 1 m2 maydon sathi yoki 1 m3 bino hajmining narxi belgilangan qiymat chegarasidan oshib ketmasligini nazarda tutadi.
Bino narxini tushirish, uni ratsional planlashtirish va yuza sathini, uy hajmini hamda ichki va tashqi pardoz ishlarini belgilashda ehtiyojdan ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslik hisobiga bino turi va ekspulatatsiya sharoitini hisobga olib, eng qulay va optimal konstruksiyalarni tanlash, bino qurilishida fan va texnika yutuqlarini hisobga olib zamonaviy usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Devor materialiga ko‘ra binolar tosh devorli yoki yog‘och devorli bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishiga va katta kichikligiga ko‘ra esa mayda elementlardan (g‘isht, sopol blok, mayda blok) qurilgan va yirik elementlardan (yirik bloklar, panellar, hajmiy blok va h.) qurilgan binolar bo‘lishi mumkin.
qavatlari soniga ko‘ra binolar kam qavatli (1,2 qavatli) o‘rtacha qavatli (3,5 qavatli), ko‘p qavatli (6,10 qavatli), juda baland (11,16 qavatli) va osmono‘par (qavatlar soni 16 tadan ham ko‘p) binolarga bo‘linadi.
Joylashishiga qarab bino qavatlari yerdan yuqorida, sokol qismida, yerto‘la qismida (yerto‘la) joylashgan va monsarddan iborat bo‘lishi mumkin.
qurilish texnologiyasiga ko‘ra binolar: nayyor beton konstruksiyalardan yig‘ilgan binolar, zavodda tayyorlangan industrial konstruksiyalardan montaj qilingan binolar devorlari g‘isht, mayda blok va shu kabi mayda elementlardan tiklangan binolar turkumiga bo‘linadi.
Standartlash.
Standartlash qurilish konstruksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga ajratishni eng so‘ngi boskichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari detallar va konstruksiyalar uchun ma’lum bir shaklga, o‘lchamga, sifatga ega bo‘lib ularni tayyorlashda muayyan texnik talab va shartlarga kat’iy rioya qilinadi.
Yagona modul sistemasi
Binonning hajmiy-rejaviy parametrlarini, konstruksiya va qurilish buyumlarini o‘lchamlarini bir xillash (unifikatsiya) yagona modul sistemasi (YeMS) asosida amalga oshiriladi. qurilishda asosiy model (M) deb 100 mm li o‘lcham qabul qilingan. Bino va yig‘ma konstruksiyani o‘lchamlari karrali 100 mm bilan belgilanadi. Modellar yiriklashtirilgan va maydalangan bo‘lishi mumkin. Yirik konstruksiya va detallarning o‘lchamlari hamda binoning hajmiy o‘lchamlashtirish yechimlari yiriklashtirilgan modelda (60M, 30M, 15M,...2M), nisbatan kichik detallar o‘lchamlari esa maydalangan karrali modelda (1/2 m, 1/5 m, 1/10m, 1/100) belgilanadi.

Yüklə 350,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin