1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar



Yüklə 350,61 Kb.
səhifə8/11
tarix26.11.2023
ölçüsü350,61 Kb.
#135364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash

Temir-beton qavatlararo yopmalar
Temir-beton qavatlararo orayopmalar nisbatan mustahkam va chidamli hisoblanadi va shuning uchun ham hozirgi binokorlikda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ular yaxlit, yig‘ma va yig‘ma-yaxlit qilib yasaladi.
Eng oddiy ko‘rinishdagi yaxlit temir beton qavatlararo orayopmalar bir prolyotli yassi pilitalardir. Ularning qalinligi tashqi yuk va prolyotga bog‘liq bo‘lib, 60-100 mm li qavatlararo orayopmalar xona tomonlari 3 m gacha bo‘lgan uylarda qo‘llaniladi. Katta prolyotli binolarda to‘sinli qavatlararo orayopmalar ishlatilib, ular yig‘ma va yaxlit bo‘lishi mumkin. Misol uchun tomonlar o‘lchami 16x24 m bo‘lgan xona yopilishi talab etilsa, u holda kadami 6 m bo‘lgan va uzunligi 8 m li 4 ta to‘sin ishlatiladi To‘sinsiz yaxlit temir-beton orayopmalar qalinligi 150-200 mm bo‘lgan plitadan iborat bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri usti kengaytirilgan ustunga tayangan bo‘ladi. Ustunlar to‘ri to‘sinsiz orayopmali binolarda kvadrat yoki unga yaqin qilib olinib, oraliq masofalari 5-6 m ni tashkil etadi.
Orayopmalarni o‘rnatishda ko‘p bo‘shliqli plitalar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ularni klassi V20 va V30 bo‘lgan betonlardan, qalinligi 220 mm, uzunligi 2,4 dan 6,4 m gacha va kengligi 0,8 dan 2,4 m gacha qilib olinadi. Bunday panellar nisbatan qimmat bo‘ladi. Ellipsimon bo‘shliqli panellarga beton kam sarflansa ham, uni tayyorlashda ko‘p mehnat talab qilinadi
Pollar va ularning tarkibi
Pollar temir-beton orayopma paneli ustidan yoki yerto‘lasiz binolar birinchi qavatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproq ustiga o‘rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlami “qoplama” yoki “haqiqiy pol” deb ataladi.
Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza sathiga o‘rnatiladi. Bunda tagiga solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan yoki gipsdan iborat bo‘lishi mumkin.
qavatlararo orayopmada pol asosi bo‘lib, orayopma ko‘taruvchi konstruksiyasi hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlam bo‘lmaydi.
Pol konstruksiyasiga tovush o‘tkazmaydigan, issiqlik va suv o‘tkazmaydigan qatlamlar qo‘shimcha bo‘lib kirishi mumkin.

Yüklə 350,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin