17, Ontogenez bosqichlari. Organizmning individual rivojlanishi ontogenez deyiladi va bu davr urug‘langan tuxum hujayra zigota hosil bo‘lganidan, to organizmning tabiiy nobud bo‘lgunicha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.Ontogenez organizm va tashqi muhitning o‘zaro munosabati natijasida shakllangan tarixiy jarayondir. Bu jarayon tanlash va tanlanish natijasida organizm genotipida mustahkam-lanadi. SHunday qilib, individual rivojlanishi genotip asosida tashqi sharoit ta’siri ostida amalga oshadi.Ontogenez ko‘p yillar organizmning nasl almashinishi davomida takrorlanib keladi. Shuning uchun har bir organizmning ontogenezida uning tarixiy rivojlanishi, ya’ni filogenezini ko‘rish mumkin.