27 Genetikaning irsiyat va o'zgaruvchanlik haqidagi fan ekanligi. Genetika fanining dastlabki rivojlanish davrida olib borilgan ilmiy izlanishlar irsiyatning tsitologik asoslarini o’rganish ilmini - tsitologiya fanini rivojlanishiga olib keldi. Genetik va tsitologlarining birgalikdagi kuzatish, tekshirish ishlari irsiyatning xromosoma nazariyasining ochilishiga, genetikani keyingi rivojlanishiga yo’l ochib berdi. 1883 yil E.Van Beneden gametogenez davrida reduktsion bulinish, ota va ona xromosomalarining taqsimlanishi bilan bog’liq degan fikrni aytdi. Keyinchalik xar bir turga kiruvchi, o’simlik, xayvon hujayralaridagi xromosomalar soni doimiy ekanligi aniqlandi.