8.Evolyutsiya va irsiyat. Darvin davrida tur tushunchasi. Yashash uchun kurashda qanday individlar yashab qoladi? Qaysilari o’lib ketadi? Yashab ketish faqat bir tasodifmikan? Ana shu masalani qal qilish uchun Darvin kishlok xujalik amaliyotiga murojat qildi. Sun'iy tanlashda selektsioner urchitish uchun ozgina bo’lsa ham foydali o’zgarishlari bor individlarni qoldiradi. Ma'lumki, tabiiy tanlashda ham xuddi shu omil, ya'da foydali o’zgarishlarning bo’lishi rol uynashi kerak. Har qanday foydali o’zgarish, xatto u arzimas bo’lsa ham, yashab ketish ishonchini oshirish kerak, boshqacha aytganda tashqi muhit sharoitiga tuproq va yaxshiroq moslashgan individlar yashab ketadi.