19.Genlarning differensiatsiyasi va differensial aktivligi. Organizmlarning individual rivojlanishi davomida bir xil hujayralardan morfologik belgilari va to‘qima, organ-lardagi funksiyalari bilan farq qiladigan hujayralarning hosil bo‘lishiga ularning differensiatsiyasi deyiladi. Orga-nizmning differensiatsiyasi asosida genlarning har xil aktiv-ligi yotadi. Ya’ni ixtisoslashgan hujayralarda genlarning chek-langan guruhi faoliyat ko‘rsatadi, boshqalarining faoliyati esa cheklanadi.Genlar faoliyati va aktivligiga qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. To‘qimalari tirik bo‘lishi va nafas olishiga qaramasdan, yangi kovlab olingan kartoshka tuganaklarining “ko‘zchalari” tinim holatida bo‘ladi. Bu davrda ular o‘smaydi. Bu to‘qimalarda DNK replikatsiyasi va fermentlar sintezini boshqaruvchi, ya’ni hujayralarning bo‘linishini boshqaruvchi RNK sintezining tuxtashi bilan bog‘liq. Bunday tuganaklarga gormon-gibberell kislota ta’sir ettirish bilan RNK sintezini boshqaruvchi genlarning faoliyati aktivlashadi va o‘sish jarayoni boshlanadi.