23. Immunologiya fanning bo’limlar- Hozirgi kunda immunologiya kimyo, genetika, fiziologiya, radiobiologiya va biologiya hamda tibbiyotning boshqa tormoqlari bilan uzviy bog`langan holda tez rivojlanmoqda.
1. Immunomorfologiya. Organizm immun sistemasining anatomiyasi, gistalogiyasi va tsitologiyasini o’rganadi.
2. Immunopatalogiya organizmning shikast etkazilgan immun reaktsiyalarinigina emas, balki immun sistemasining o’zgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham o’rganadi.
3. Klinik immunologiya – kasalliklarga diagnoz qo’yish ularni oldini olish va davolash maqsadida immunologik reaktsiyalaridan foydalanish bilan shug`ullanadi.
4. Immunoprofilaktika – bu amaliy immunologiyaning bir bo’limi bo’lib, immunitet hosil qilish uchun organizmga vaktsina, immunzardob, gimma-glabin kabi immunologik preparatlar yuboriladi. Bu usul bilan infektsion kasalliklarning oldini olish mumkin bo’ladi. Poliomilit, sariq issitma difteriya, kokshol, chin chechak kabi infektsion kasalliklarga qarshi emlash immunologiyaning vazifasidir.