34. DNK va RNKning tuzilishi va funksiyalari 1958 yilda Amerika genetigi A.Kornberg laboratoriya sharoitida sun’iy DNKni sinteziga erishdi.DNK va RNKning farq qiluvchi xususiyatlari quyidagicha: RNK molekulasida qo‘sh zanjir yo‘q. Bundan tashqari, molekulyar og‘irligi va zanjiri DNKdan kichik, DNK molekulasidagi T o‘rniga RNKda U nukleotidi mavjud. RNKda riboza, DNKda esa dezoksiriboza uglevodlari mavjud.RNK ham o‘ziga xos muhim funksiyalarni bajaradi va shunga ko‘ra 3 xil bo‘lishi aniqlangan:1. i-RNK – informatsion, ya’ni, vositachi RNK, bir necha yuzlab nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib, irsiy axborotni yadrodan sitoplazmaga etkazadi.2. t-RNK – transport RNK molekulasi 70 ga yaqin nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib, aminokislotalarni hujayrada oqsil sintezlanadigan joy – ribosomalarga etkazib beradi.3. r-RNK – ribosomal RNK molekulasi 4-6 ming nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib, oqsil biosintezini amalga oshiradi.