Musnadlar (Al-Masoniyd).
Bu uslubdagi asarlarda maʼlum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan keyin ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi. Masalan, Imom Ahmad ibn Hanbal oʻzining „Al-Musnad“ nomli yirik asari bo'lib, juzlarning har biri alohida boblardan iborat. Avval Hulafo-i Roshidlarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birinketin boshqa sahobalarning rivoyatlarini keltiradi. Hammasi boʻlib uning asarida 904 ta sahoba zikr qilingan bo'lib, 700 ming hadisni o'zida jamlaydi.
3. Moʻjamlar (Al-maoʻjim). Bu xildagi toʻplamlarda Musannaf asariga oʻz shuyux (ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi. Bu asarlar zamirida Muhammad Payg`ambar ilohiyoti yotadi.Din bu-ishonch degani ,shu boisdan jamiyatning barcha bo`ginlarida: oilada,mahallada, ko`chada ,tuman-u shaharda barcha insonlar yurak-yuragiga singib bormoqda.Hattoki maktab o`quvchilari ongida ham Payg`ambar o`gitlarini uyg`otish masalasi dolzarbligini ko`rsatmoqda. Dinga muhabbat ruhida tarbiyalash,inson hayoti uchun ahamiyatli ekanligini o`quvchilar ongiga singdirish kerakligi uqtirilmoqda.Bunday hadislarga misollar keltiramiz:
MEHRIBON VA RAHMLI TANGRI NOMI BILAN
RASULULOH ALAYHIS SALOM AYTADILAR:
Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag’bati bo’lmagan kishilarga o’rgatib, uni zoye ketkazmoqlikdir.
Qizlarni turmushga chiqarish to’g’risida onalari bilan maslahatlashinglar.
Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
Chaqirilgan joygagina boring.
Nafaqa3 va sadaqa berishda avval o’zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga11 ber. Yana biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber.
Halol va ruxsat etilgan narsalar ichida Tangriga xush kelmaydigani - taloqdir.
Odamlar ichida Tangriga yoqimsizrog’i - ashaddiy dushmanlik qiluvchidir.
Bid’at-xurofotga berilgan odam to ularni tark etmaguncha, uning qilgan savobli ishlarini Tangri qabul qilmaydi.
Taomni sovitibroq iste’mol qilinglar, issiq-qaynoq taomda baraka bo’lmaydi.
Har bir qavmning qiz farzandidan tug’ilgan bola ham shu qavmga mansubdir4.
Qora tanli xalqlarni ham do’st tutaveringlar, zero ulardan uchtasi jannat ahlining ulug’laridan bo’lurlar: 1. Luqmoni Hakim. 2. Najoshiy 3. Muazzin Bilol Habashiy.
Qalbing muloyim, hojating ravo bo’lishini xohlaysanmi? Xohlasang yetimlarga mehribon bo’l, ularning boshini sila, o’z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo’lur.
Qo’y boqinglar, chunki u barakadir.
Chaqimchilik nima, bilasizlarmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o’zaro munosabatlarini buzish niyatida) bir-birlariga tashimoqlikdir.
Harom narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog’i bo’lasiz. Tangrining taqsim qilgan rizqiga rozi bo’ling - odamlarning boyrog’i bo’lasiz. Qo’shningizga yaxshilik qiling - tinch bo’lasiz. O’zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko’ring - salomat yurasiz. Ko’p kulmang. Ko’p kulish dilni o’ldiradi.
Ta’lim maskanlarimiz ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faхrlanish tuyg‘usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta’lim - tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Xalq ta’limi tizimida hal qiluvchi inson-o‘qituvchidir. Agar o‘qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo‘lsa, o‘quvchining bilim darajasi ham baland bo‘ladi. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. Bilim olish har bir yosh yigit-qizning zimmasidagi burchlaridan biri bo‘lib, unda niyatning xolisligi eng muhim narsadir. Albatta, yoshlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda ma'lum darajada diniy ilmga ham ega bo‘lishi ularning ma'naviy ongini shakllantirib, razil sifatlardan uzoqlashtiradi. Jumladan, har tomonlama yetuk bilimli yoshlargina o‘zlarining sof imon-e'tiqodi bilan o‘z bilimini samarasini to‘g‘ri, foydali narsalarga yo‘naltirib, o‘ziga va atrofidagilarga, shu jumladan jamiyatga foyda keltiradi. Axloqiy bo‘shliqning oldini olib, jamiyatning porloq kelajagi uchun zamin tayorlaydi. Milliy va diniy qadriyatlarimizning yoshlarimiz tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Ulardagi vatanparvarlik, insoniylik, mehr oqibat kabi tushunchalar farzandlarimizni iymonli insofli , yurtimizga astoydil xizmat qiluvchi yuksak ma'naviyatli shaxslar qilib tarbiyalaydi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham a'lohida ta'kidlash lozim bo‘ladi.
Islom — milliy ma'naviyatimizning ajralmas bo‘lagidir. Ammo bu holatdan foydalangan holda Islom dini nomidan yoshlarimiz ongini islom dini nomi ostida turli xil ekstremistik va terroristik g‘oyalarni singdirishga urunishlar hozirgi vaqtda avj olib ketdi. Bunyodkor va buzg‘unchi g‘oyalar o‘rtasidagi bunday g‘oyaviy paligon keng miqyosda dunyo bo‘ylab tarqalganligi har bir oqil insonni xavotirga solmoqda. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmdan yoshlarimizni asrash har bir ziyoli kishining muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Yoshlarimizni turli xil yot oqimlardan himoya qilishda diniy omillar – Qur'on oyatlari va hadislardan keng foydalanish hamda dinning asl mohiyatini anglatish lozim. Bu amaliyotlarni din sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda olib borilishi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Diniy ekstremizm va terrorizm muqaddas Islom diniga aloqador bo‘lmasdan, muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassibona unsurlarning faoliyati mafkurasining natijasi ekanligini har bir yosh avlodga tushuntirish bugungi kunning dolzarb mavzularidandir. Holbuki, dinda mutaassibona e'tiqodda bo‘lish va sof islomiy e'tiqoddan bexabarlik diniy ekstremizm va terrorizmning asl manbai hisoblanadi. Aslida, Islom dinida o‘zaro hamjihatlik, tinchlik va bag‘rikenglikka buyuriladi. Alloh taolo Qur'oni karimda: “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz! Bordi-yu, biror narsada (din ishida) kelisha olmay qolsangiz – Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo‘lsangiz – uni Allohga va payg‘ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq (ish)dir.”[1]
Mazkur oyatda Alloh taolo bandalarini O‘zi, Rasuli hamda o‘z oralaridan chiqqan musulmon boshliqlarga itoat etishni buyurib, biror muammoli masalaga duch kelinganda uning yechimini “Alloh va payg‘ambariga” havola etishni, demakki, Qur'on va hadisga murojaat qilishni buyurmoqda. Bunday mushkul holatlarda masalaning yechimini topish uchun eng avvalo, Qur'onga murojaat qilishimiz lozim ekan. Darhaqiqat, Qur'onda bunday masalalarning chiroyli yechimi bor. Ixtilof vaqtidagi masalaning eng to‘g‘ri yechimi, qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, firqalarga ajralishning oldini olishdir. Qur'oni karimda buyurilganidek, musulmon kishi uchun ko‘r-ko‘rona taqlid yarashmaydi. U har qanday masalada Allohning Kalomi va payg‘ambarining hadislariga ergashishi, agar lozim aqidaviy va shar'iy masalalarni bilishga o‘zining ilmi yetarli bo‘lmasa, ishonchli, taqvodor, olim kishilardan so‘rab bilishi hamda uni amalga tatbiq etishda fitna keltirib chiqarishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Jumladan, risolat sohibi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan muqaddas dinimizga xilof bo‘lgan bunday guruhlar haqida bir qator hadislar voris bo‘lgan.
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.): “Mening ummatimdan bir toifa insonlar paydo bo‘lib, dinda juda tez ilmni egallaydilar va Qur'on o‘qiydilar. Ular: Boshliqlarimizga borib: “ularning mol-u davlatlarini bosib olamiz va o‘zlarini dinimizdan chetlatamiz (kofir deb e'lon qilamiz)”,–deydilar. Bunday qilish to‘g‘ri yo‘l emas. Qatoda (aloe)dan tikondan boshqa narsa hosil olinmaganidek, u toifa kishilarga yaqin bo‘lishdan faqat xatolarni jamlash mumkin bo‘ladi,”–dedilar.[2]
Biz Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam bashorat qilgan bunday kimsalarni hozirgi vaqtda “al-Qoida”, “Hibu-t-tahrir”, vahhobiylik, O‘zbekiston Islom harakati, ISHID kabi ekstremistik tashkilotlarning harakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, Islom dinining asl mohiyati jamiyatga va butun borliqqa ezgulik hisoblanadi. U tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, hidoyat yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonishni ifoda etadigan ta'limotdir. Ezgulikning yorqin namoyondasi va dunyodagi har bir mo‘min-musulmonning buyuk ustozi bo‘lgan janob Payg‘ambarimiz har bir musulmon kundalik faoliyatida qo‘llaydigan, umri davomida hayotida tatbiq etishi darkor bo‘lgan mavzularni marhamat qilganlar: “Alloh Taologa farz ibodatlardan keyin eng ma`qul ish – musulmon kishini xursand qilishdir”[3].
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Musulmon – musulmonlar uning qo‘li va tilidan salomat bo‘lgan kishidir. Mo‘min – insonlar o‘z qonlari va mollarida undan emin bo‘lgan kishidir.”[4] Ma'lumki, til va qo‘l eng ko‘p ishlatiladigan a'zolar bo‘lib, yaxshi ishlar ham, yomon ishlar ham asosan shular bilan bajariladi. Yon-atrofdagilarga aksar hollarda til bilan so‘kib yoki qo‘l bilan turtib, urib, ozor beriladi, zarar yetkaziladi. Shuning uchun, Payg‘ambar (s.a.v.) shu ikki a'zoni lafzan zikr qildilar. Demak, birovlarga, u kim bo‘lishidan qat'iy nazar, dindoshmi, g‘ayridinmi – ozor berishdan o‘zimizni saqlashimiz lozim. Ayniqsa, tilimiz va qo‘limizga xushyor bo‘lishimiz kerak. Dinimiz ta'limotida nafaqat insonlarga nisbatan ezgu bo‘lish, balki uni o‘rab turgan tabiat va undagi barcha jonzotlarga nisbatan ham mehru shafqatli bo‘lishga buyurilgan.
Muhtaram Prezidentimiz o‘z asarlarida Islom dini ezgulik dini ekanligini, bu dinning asl mohiyati nimalardan iborat ekanligini quyidagicha ta'riflaydilar: “Ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu , avvalo, insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-esir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma'naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi”.[5]
Xalq arbobi, buyuk mutafakkir Abdurauf Fitrat bu haqda shunday deydi: “Hech shubha yo‘qki, odamlar har xil din va mazhabdan, har xil qabila va millatdan bo‘lsalar ham, bir otaning va yagona jinsning farzandi, boshqacha qilib aytganda, bir-birlarining aka-ukalaridir. Shunday ekan, ular o‘zaro umumiy birodarlikni yuzaga keltirishlari kerak”[6].
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ayon bo‘layotirki, har qanday nom ostidagi zulm va zo‘ravonlik, turli ko‘rinishdagi jinoyatlar, garchi u islom nomidan sodir bo‘layotgan bo‘lsa ham, Islom aqidasi va ta'limotiga mutlaqo qarshidir. Musulmon kishi boshqa odamlarni, o‘sib kelayotgan yoshlarni yomon ishlarni qilishdan qaytarishga, nafaqat qaytarish, balki ogoh etishga mas'ul. U katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi – gunohlarning har qanday ko‘rinishidan tiyilishi hamda boshqalarni ham undan qaytarishi lozim. Yoshlarimizni turli xil buzg‘unchi va vayronkor oqimlar ta'siridan himoya qilib, bunyodkor g‘oyalarni ular ongida shakllantirish uchun nimalarga e'tibor qaratmoq kerak? Bu borada muhtaram Prezidentimiz ogohlikka chaqirib: “O‘z uyingni o‘zing asra” degan shiorlari ostida har bir ota-ona o‘z farzandini, o‘qituvchi o‘z talabasini beparvolik qilmasdan bunday oqimlar ta'siridan himoya qilishga intilishi hamda bu yo‘lda o‘z ustida ishlamog‘i, izlanmog‘i darkor. Yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasini milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllantirib, Vatanga muhabbat, ota-ona, elu yurtga muhabbat bilan hamohang qilib, milliy va diniy qadriyatlarni, ona zaminni va hatto unda o‘sgan har bir daraxtni, ko‘chatni asrab-avaylamoqga hamda kelajak avlod uchun ozod-obod Vatanni asrab yetkazish o‘sib kelayotgan har bir o‘smir yigit-qizning vazifasi ekanligini o‘rgatib borishimiz zarur. Yoshlarimiz ongi va ruhiyatiga salbiy va keskin ta'sir qiluvchi har qanday vositalarga qarshi ularda, avvalo, immunitetni hosil qilishimiz eng dolzarb ishlardan biri hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham a'lohida ta'kidlash lozim bo‘ladi. Shubha yo‘qki, milliy va diniy qadriyatlarimizning tarbiyaviy jihati juda keng va serqirra jarayon bo‘lib, yoshlarimiz tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. Ulardagi vatanparvarlik, insoniylik, mehr oqibat kabi tushunchalar farzandlarimizni iymonli insofli, yurtimizga astoydil xizmat qiluvchi yuksak ma'naviyatli shaxslar qilib tarbiyalaydi.
1] Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsirni. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. –T.: TIU, 2009. Niso surasi, 59-oyat. –B. 87.
[2] Muhammad ibn Abdulloh at-Tabriziy. Mishkatu-l-masobih. Kazan. Lito-Tipografiya “Bratya Karimovi”, 1908. –B 61. Ibn Moja rivoyati.
[3] Mansurov A. Ming bir hadis. J. 2. –B. 166. 857-raqamli hadis. –T.: O‘zbek maskani, 1991.
[4] Mishkatu-l-masobih. –B19.
[5] I.A.Karimov, «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch», 8-9-bet, «Ma'naviyat», T, 2008 y
[6] Terrorizm – jaholat o‘chog‘i, Metodik-bibliografik qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Toshkent-2003 B-4
Sharq musulmon olami o`z diniy olami bilan butun dunyoda alohida o`rin tutadi. Islom dini bayrog`i ostida butun xalqimiz birlashayotgani ,millatparvarlik ,insoniylik kabi fazilatlar yuksalayotgani gapimiz isbotidir. O`zbekistonning katta boyligi,bebaho xazinasi bo`lgan yoshlar ongida diniy dunyoqarashni yuksaltirish muhim vazifalardandir. Zotan ,Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “ Agar katta avlodning bilimi va tajribasini ,uzoqni ko`ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g`ayrat-shijoat ,mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak,ko`zlagan marralarga,albatta ,yetamiz”. Din ,Qur`on va hadislar jamiyat rivoji uchun maslahatgo`y bo`lib xizmat qiladi. Yoshlar tarbiyasi bu meroslarni chuqur o`zlashtirib ,yuragiga mustahkam joylashtirib olmog`i ,vatan kelajagi uchun ,o`z hayot mazmuni uchun dasturulamal qilib olmog`i lozim.
Yoshlik inson hayotida bir marta beriladigan g`animat davrdir .Bu g`animat palladan unumli foydalanib ilm va kamolot hosil qilish vojibdir.Islom dinimizni pok saqlash ,uni turli xil g`arazli xuruj va hamlalardan ,tuhmat va bo`xtonlardan himoya qilish ,uning asl mohiyatini unib-o`sib kelayotgan yoshlarga to`g`ri tushuntirish ,islom madaniyatining ezgu g`oyalarini keng targ`ib etish asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Vaqtimizni g`animat bilib o`zimizni ilm,kasb-hunar,sport va manfaatli ishlar mashg`ul qilishimiz ,ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan axborotning manbaasini tekshirish va yolg`onlarini saralash ko`nikmasini hosil qilish ,tarqatilayotgan ma`lumotlar ostida qanday manfaatlar bo`lishi mumkinligini o`ylab ko`rish,eng avvalo, o`zimiz uchun foydali ekanligini anglashimiz kerak.Negaki yurtimizning ertangi kuni qanday bo`lishi siz,aziz yoshlarning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishingizga bog`liq.So`zimni hadis ilmining yetuk olimi,bobomiz Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi so`zlari bilan yakunlasam: “ Dunyoda ilmdan boshqa najot bo`lmagan va bo`lmaydi ham”.
Dostları ilə paylaş: |