1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə12/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi
Ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini portalga uni normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin joylashtiradi.
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan tushgan fikr-mulohazalarni va (yoki) takliflarni hisobga olishni ishlab chiquvchi qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq loyihani maromiga yetkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari, qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan holda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qarori 1-bandi.
LexUZ sharhi
Qonun ijodkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarda, eng avvalo, qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash, uning asosiy yo‘nalishlarini belgilash muhimligini asoslantiruvchi konsepsiyasini ishlab chiqish, bevosita ushbu qonunning loyihasi yuzasidan muhokamalarda qatnashishda tegishli davlat va nodavlat organlarining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Sanab o‘tilgan jarayonlar, tahlil va izlanish yo‘nalishida faoliyat olib boradigan idoralar bilan uzviy bog‘liqdir. Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida qonun ijodkorligi ishlarining sifatini oshirish, uning barcha bosqichlarida qonunchilik texnikasi talablariga qat’iy amal qilishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur tahlil etish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin