1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə17/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

33-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Normativ-huquqiy hujjat ko‘rib chiqilganidan so‘ng normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Qoidalari qonunda aks etgan qonunosti hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur bo‘lganda u boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qo‘llaniladi.
34-modda. Huquqiy eksperiment
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklagan holda o‘rganish huquqiy eksperimentdir.
Huquqiy eksperiment tugaganidan keyin:
huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash amaliyoti, huquqiy eksperimentning ijobiy va salbiy oqibatlari, bunday hujjatning qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazgan ijtimoiy hamda boshqa omillar, huquqiy eksperiment o‘tkazilishi munosabati bilan qilingan xarajatlar va olingan daromadlar tahlil qilinadi;
normativ-huquqiy hujjat uning amal qilishi vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilinganidan keyin yuzaga keladigan ijobiy va salbiy oqibatlarning, xarajatlar va daromadlarning huquqiy eksperiment jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar haqidagi ma’lumotlar bilan asoslantirilgan prognozi amalga oshiriladi.
Huquqiy eksperiment natijalariga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjatni uning amal qilishini vaqt bo‘yicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi yoki huquqiy eksperiment natijalarini inobatga olgan holda qonunchilikni takomillashtirishga yoxud normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga doir boshqa choralar ko‘riladi.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin