1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqish



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə23/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

46-modda. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqish
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining ro‘yxati normativ-huquqiy hujjatning o‘zida ko‘rsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 3-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning 2-bandi.
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan, teng yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining soni ancha ko‘p bo‘lgan taqdirda, mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 7-bobi (“Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish”) va 8-bobi (“O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxati”), “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarning (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), VI-bobi (“Qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari”), “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 109 — 119-bandlari, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) II bobi (“Qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyihalarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari”).

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin