1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə3/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
konstitutsiyaviylik;
qonuniylik;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
oshkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.
LexUZ sharhi
Amaldagi qonunchilikning umumiy prinsiplaridan kelib chiqish — qonunning mazmunini belgilashda muhim mantiqiy usul hisoblanadi. Qonunlar konstitutsiyaga yoki konstitutsiyaviy qonunlarga zid kelmasligi lozim. Har bir normativ hujjat o‘zaro mantiqiy bog‘liqdir, bir-biriga mos keladi va to‘ldirib turadi. Faqat shundan keyin normativ huquqiy hujjatlarning funksional-huquqiy tizimliligini ta’minlash mumkin.
LexUZ sharhi
Huquqiy normativlarni maxsus sanksiyalar bilan ta’minlash qonun mantiqiy tuzilishining eng asosiy elementlaridan biridir. Busiz huquqiy normativni qo‘llash samarasiz bo‘lar edi. Ma’lumki, ijtimoiy normalar orasida faqatgina huquqiy normalar rasmiy sanksiyalar bilan ta’minlangan. Bu xususiyat faqatgina davlat tomonidan o‘rnatilgan huquq normalariga xosdir.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi
6-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin