1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga doir talablar



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə30/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

2-bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga doir talablar
1-§. Umumiy qoidalar
3. Loyihaning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi kerak. Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuziladi.
4. Loyihaning matni quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
jumlalarning soddaligi va qisqaligi;
ta’rifning aniqligi;
bayon etishning tizimliligi va ketma-ketligi.
5. Loyihada, shuningdek unga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
og‘zaki nutq shakllari;
davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tillari atamalari;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari mustasno).
6. Loyihada qonunchilikda mavjud bo‘lmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilganda ularning ta’riflari beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umum qo‘llaniladigan tushunchalarga ta’rif berish talab etilmaydi.
7. Tushunchaning yoki atamaning ta’rifi uning mazmunini to‘liq ochib berishi kerak. Tushunchani yoki atamani aynan shu tushunchaning o‘zi va atama orqali, shuningdek o‘zi ta’riflanishi lozim bo‘lgan boshqa tushuncha va atamalar orqali ta’riflashga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan uch va undan ortiq tushunchaga ta’rif berish zarurati bo‘lganda, ular alohida band (modda)da ko‘rsatiladi va loyiha matnining boshida keltiriladi.
9. So‘z birikmalari bir necha marta qo‘llanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi tarkibiy birlikda (moddada, qismda, bandda, kichik bandda, xatboshida) qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha tarkibiy birlikda to‘liq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi qoidalarida qo‘llaniladigan qisqartirilgan ta’rifi qavs ichida bosh kelishikda ko‘rsatiladi.
10. Loyihada, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilgan huquqiy normalar qayta takrorlanmaydi.
Zarur bo‘lganda, loyihada yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda aks ettiriladi.
11. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalar huquqiy normalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish zarurati bo‘lgan hollardagina yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik uchungina loyiha matniga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi. Havolalar aniq bo‘lishi va muayyan normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qoidalarini ko‘rsatishi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 19 — 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarning (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) 18 — 54-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandi, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 29 — 38-bandlari, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) II bobi (“Qaror loyihasining matniga va tuzilishiga doir talablar”).
Har bir havola loyiha bo‘yicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tarkibiy birligi ko‘rsatilgan holda asoslantirilishi kerak.
Loyihada pastroq yuridik kuchga ega bo‘lgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga, davlat organlarining bayonnomalariga, topshiriqlariga va xatlariga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Qonun loyihasida (qonunda) qonun hujjatlariga havola qilish zarurati bo‘lganda ketma-ketlik tartibida qonun hujjatining turi va nomi ko‘rsatiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori bo‘yicha uni qabul qilish sanasi va raqami ham ko‘rsatiladi.
13. Moddaning (bandning) matnini shu normativ-huquqiy hujjatning boshqa moddalarida (bandlarida) takror bayon qilishga, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Loyihaning tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini ta’minlashi kerak.
15. Hajmiga ko‘ra qonunosti hujjatining loyihasi pasayib boruvchi quyidagi tarkibiy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar.
Qonun loyihalarining bo‘linishi mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Loyihaning bo‘limlari rim raqamlari, kichik bo‘limlari va boblari esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf bilan, “yarim qora” shriftda, matn markaziga to‘g‘rilangan holda, qo‘shtirnoqlarsiz, qatorlar o‘rtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz, bitta qatorda raqami ko‘rsatilib, ketidan nuqta qo‘yilgan holda yoziladi.
17. Quyidagi tarkibiy birlikning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
agar loyihada boblar bo‘lmasa, “bo‘lim” birligining;
agar loyihada bo‘limlar bo‘lmasa, “kichik bo‘lim” birligining;
agar loyihada bandlar bo‘lmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarining.
18. Har bir ishlab chiqiladigan loyiha nomga ega bo‘lishi kerak. Nom qisqa, tushunarli ifodalanishi va uning asosiy huquqiy tartibga solish predmetini aks ettirishi zarur.
19. Loyiha uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat bo‘lgan, loyihaning boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin.
Muqaddima:
mustaqil normativ ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi;
moddalar va bandlarga bo‘linmasligi;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalarga ega bo‘lmasligi;
loyihada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini o‘z ichiga olmasligi;
raqamlanmasligi kerak.
20. Loyihaning muqaddimasida (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun majburiy) loyihaning qabul qilinishi uchun asos bo‘lgan yoki ijrosi ta’minlanayotgan qonunchilik hujjatlari ko‘rsatilishi mumkin.
21. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida nuqta qo‘yilgan holda raqamlanib, moddalar va bandlar tarzida bayon qilinadi, shuningdek sarlavhalarga ega bo‘lmaydi, bundan moddalar mustasno.
Huquqiy normalarni ikkilangan (qo‘shaloq) tarzda raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Har bir modda va band, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani o‘z ichiga olishi hamda to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Loyihaning qaror qismiga eng muhim bo‘lgan huquqiy normalar kiritiladi, bundan qonun loyihalari mustasno.
23. Bandlar kichik bandlar yoki xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
24. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan yopiladigan kichik harflar bilan belgilanadi. Harflar alifbo bo‘yicha ketma-ketlikda bayon qilinishi kerak.
25. Kichik bandlar faqat xatboshilarga bo‘linishi mumkin. Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Loyihaga talablar, ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
27. Agar loyihaning qaror qismidagi bandlari (kichik bandlari, xatboshilari) bilan, qonun loyihalarida esa moddalar (qismlar, bandlar, kichik bandlar, xatboshilar) bilan hujjatlarni tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birligi va u tomonidan tasdiqlanadigan hujjatning nomi bir-biriga mos ravishda bayon etilishi kerak.
28. Bo‘limlardan iborat bo‘lgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega bo‘ladi. Bo‘lim rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga va nomga ega bo‘ladi.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin