1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə39/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

8-bob. Loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi
109. Barcha manfaatdor organlar bilan kelishib olinganidan keyin ishlab chiquvchi loyihani normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin uni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi:
takliflarni ko‘rib chiqish natijalariga doir jadval;
ishlab chiquvchining yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda — yuriskonsult) tomonidan imzolangan huquqiy xulosa, unda uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa bog‘lanadigan telefonlari ko‘rsatilishi kerak;
agar loyihaga ko‘ra boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, taqqoslash jadvali;
loyihani ishlab chiqish reja-jadvali — qonun loyihalari uchun;
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar izchil ketma-ketlikda ko‘rsatilgan holdagi tahliliy qiyosiy jadval (qonunosti hujjatlari uchun — zarur bo‘lgan taqdirda);
kelishmovchiliklar jadvali, agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar bilan kelishilgan (viza qo‘yilgan) bo‘lsa hamda mazkur organlarning ushbu fikr-mulohazalari va takliflari bayon etilgan xatlarning ko‘chirma nusxalari;
tartibga solish ta’sirini baholash to‘g‘risida axborot va xulosa (qonunchilikda belgilangan hollarda);
loyihani ishlab chiqish va kelishib olish xronologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
110. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga quyidagi hollarda huquqiy ekspertiza o‘tkazilmasdan qaytariladi:
loyiha barcha manfaatdor organlar bilan ularning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) darajasida kelishib olinmaganda;
Ushbu Yagona uslubiyotning 109-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar loyihaga ilova qilinmaganda.
111. Loyihaning huquqiy ekspertizasi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri (alohida hollarda — vazirning birinchi o‘rinbosari) loyihaga viza qo‘yadi.
Fikr-mulohazalar va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar bilan viza qo‘yiladi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son; 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
http://fayllar.org
Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin