1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish



Yüklə 156,05 Kb.
səhifə9/39
tarix24.11.2023
ölçüsü156,05 Kb.
#133908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘G‘risida-fayllar.org

20-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilishga faqat, basharti davlat organlarida ko‘tarilayotgan masalalarni yoki muammolarni qonunchilikda nazarda tutilgan mexanizmlar va ma’muriy tartib-taomillar orqali hal etish vakolatlari mavjud bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 18-avgustdagi PF-5505-son Farmoni 3-bandi ikkinchi xatboshisi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tegishli davlat organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash to‘g‘risida takliflar kiritishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi.
21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat:
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va loyihani tayyorlash haqida qaror qabul qilish;
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlash;
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni va axborotni to‘plash;
tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
imtiyozlarni belgilashning hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalaridan mablag‘lar ajratishning maqsadga muvofiqligini asoslash;
normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnini tayyorlash;
huquqiy va boshqa zarur ekspertizani o‘tkazish;
normativ-huquqiy hujjat loyihasiga doir tushuntirish xatini loyihaning konsepsiyasini bayon etgan holda tayyorlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi davlat tilida tayyorlanadi. Zarur bo‘lganda, u boshqa tilga tarjima qilinishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlash hamda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ikki oydan kam etib belgilanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlashning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishning o‘ziga xos xususiyatlari “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.

Yüklə 156,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin