1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida



PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-
iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yong‘in
— odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish;
yong‘in nazorati
— yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv
natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan
faoliyat;
yong‘inlar profilaktikasi
— yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning
oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
yong‘indan saqlash xizmati
— odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek
obyektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida
saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va
vositalar majmui;

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin