1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

16-modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish
Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish yong‘in joyiga yetib kelgan yong‘indan saqlash
xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yong‘inni o‘chirish rahbari deb
yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok
etayotgan yong‘indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong‘inni o‘chirishga jalb
etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.
Yong‘inni o‘chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda
ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yong‘inni o‘chirishga jalb
etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.
Yong‘inni o‘chirish rahbari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud
chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi,
shuningdek yong‘in chog‘ida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish
bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yong‘inni o‘chirish rahbari boshqa qarorlar, shu
jumladan yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy
shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.
Yong‘inni o‘chirish rahbarining ko‘rsatmalari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga
oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
Yong‘in o‘chirilayotganda yong‘inni o‘chirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki
uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
17-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‘in xavfsizligi talablarini amalga oshirish,
shuningdek yong‘inlar profilaktikasini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish maqsadida bajariladi
hamda ko‘rsatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini
oshirish;
aholiga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish;
yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‘tkazish;
tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish;
yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, xarid qilish va yetkazib berish;
moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yong‘in xavfsizligi
jihatidan sinovdan o‘tkazish;
loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish;
olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon ishlarini bajarish;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish
hamda ularni ta’mirlash;
yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va
ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa
ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)



Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin