1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

31-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli
obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini tashkil
etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar
tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
32-modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda,
aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda,
yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida
tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga
kiradi.
Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish
tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


33-modda. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish
ro‘yxatidan o‘tkazish
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish ro‘yxatidan
o‘tkazilishi kerak.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan
o‘tkazishni amalga oshirish 
tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin