1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

14-modda. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in xavfsizligini ta’minlashga, shu jumladan yong‘in
xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka, yong‘in
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yong‘inlarga qarshi kurashish
tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar,
binolar va inshootlarning yong‘in xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar
(yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-
uskunalarning yong‘in xavfliligi ko‘rsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qo‘llaniladigan
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda ko‘rsatishi kerak.
Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-
tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda
yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulki saqlab qolinishini ta’minlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak.
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
15-modda. Yong‘inlarni o‘chirish


Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va
jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etish
harakatlaridan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish
tartibini 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining
yong‘indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va
o‘zga xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlashga doir hamkorligi
kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
qonunchilik
bilan belgilanadi.
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining kuchlari va
vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida
yagona raqam — 101 o‘rnatiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi shart.
(15-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida yong‘in kuchayishining (tarqalishining) hamda
yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy
muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib
borishga doir;
yong‘inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni
ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan,
yong‘inni o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda
qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong‘inlar o‘chirilayotgan
joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini,
sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in
kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning
kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga
oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul
ta’minlanadi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy
tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplashdan ozod qilinadi.
(15-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin