1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

23-modda. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
Yong‘in-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati
tartibida ishlab chiqariladi.
Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
24-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida
amalga oshirish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga
oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘inni
avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda
ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatining 
pasporti
”.
25-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
qonunchilikka
muvofiq amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va
xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‘in xavfsizligi talablariga
muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra ixtiyoriy
sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin