1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

5-bob. Yong‘in nazorati
34-modda. Davlat yong‘in nazorati
Davlat yong‘in nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari,
shuningdek fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va
tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat yong‘in nazorati Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari
bo‘lgan bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston
Respublikasi Milliy gvardiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining obyektlarida,
o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab
chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular
utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalangan
holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transportidan
hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el
vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan
davlat yong‘in nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxati, vazifalari, huquq va
majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat
yong‘in nazorati to‘g‘risidagi 
nizom 
bilan belgilanadi.

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin