yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining
mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini belgilangan tartibda
saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga
oshiradi;
tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
9-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini
ta’minlashdagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi;
yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham
ishtirok etishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Dostları ilə paylaş: