1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 180,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix13.12.2023
ölçüsü180,13 Kb.
#139923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

10-modda. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Tashkilotlar:
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan
tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda 
yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish;
o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari
hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-
tadbirlarini belgilash;
belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan
yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga
ega.
Tashkilotlar:
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning
bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini
qo‘llashni o‘rgatishi;


o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti
manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda
saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in
nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda
sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida
aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda
berishi;
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda
ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini ta’minlashi;
o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab
chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan
yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati
organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi
nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash
xizmatiga darhol xabar qilishi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida
boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 180,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin