MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………...
1-BOB. Xiva xonligining tashkil topishi, XVIII asrning 60- yillarida
xiva xonligida siyosiy vaziyat.
1.1. Xiva xonligining vujudga kelishi…………………………………….... ………
1.2. Xiva xonligida qo‘ng‘irot o’zbeklarining hokimiyatni egallashi... ……………
1.3. Xonlikdagi barcha lavozimlarga o‘zbek urg‘ularining boshliqlari haqida……...
2-BOB. Qo’ng’irotlar sulolasi davrida xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayot.Muhammad Rahimxon I davri.
2.1. XVIII asr oxiri XIX asr birinchi choragida Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. ………………………………………………………………………………..
2.2. Xiva xonligi Muhammad Rahimxon I davrida ………………………………...
Xulosa…….………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati…………………………………….
Mavzuning dolzarbligi. XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o’zbek xalqiga xosbo’lgan xususiyat va an‘analarini hisobga olgan holda o’z rivojlanish yo’linitanlashi, boy madaniyati va ma‘naviyatini e‘zozlash, xalq istiqboliga qaratilganmilliy istiqlol mafkurasini targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiqetishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko’tardi. O’z oldiga huquqiy demokratik davlatqurishni maqsad qilib olgan O’zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, davlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o’rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida
Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Birinchi Prezident I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida “tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan ulug’ zotlar vatani Avestodek o’lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p ko’rgan”1,deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko’rsatib bergan.Shu munosabat bilan Xorazm davlatchiligining muhim bo’lagi qo’ng’irotlar sulolasi davri , ijtimoiy-iqtisodiy hayotni o’rganish,sulolaning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Muhammad Rahimxon I davrini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.