1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi
1-boshlovchi:- Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi: - Assalomu alaykum! Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimiz hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilingan kuniga atab tadbirlar ,davra suhbatlari bo’lib o’tmoqda “Konstitutsiya” so`zi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “tuzilish”, “yaratilish” degan ma`nolarni anglatilishini barchamiz bilib olganmiz. 1-boshlovchi: To`g`ri aytasan. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda. 2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 31 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniytini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o`ziga xos isboti sifatida Bosh qomusimiz qabul qilindi. 1-boshlovchi: - Ozbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizning huquqiy jihatdan ta`minlovchi asosiy huquqiy hujjat bo`lgani uchun ham biz 8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz. 2-boshlovchi: - Endi navbatni o`quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta`riflashar ekan? 1-o`quvchi: - Qani, menga ayt, oshnam, Bugun qanaqa bayram? Hamma
Kim ham bilmaydi buni? 2-o`quvchi: -O`z haqqi-huquqingni Bilasanmi, o`rtoqjon? Ayt-chi, Konstitutsiya Qabul qilingan qachon? 3-o`quvchi:(qo`lida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda): O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasining 12-chaqirig’i Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan va 8-dekabr umumxalq bayrami, dam olish kuni deb belgilab qo’yilgan. Bu O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. 4-o’quvchi : O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan O`zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali yangi tahrirda qabul qilindi 5-o`quvchi:-Bu kitobda hammasi To`liq etilgan bayon. -Prezident bobomiz Bizga g`amxo`r, mehribon Yurt tinchligin ko`zlaydi, Xalq baxtini o`ylaydi. 6-o`quvchi: -O`zbekiston qo`ynida Har bir tuman, viloyat, Kundan-kunga yashnaydi, Kamol topar, tiklar qad. 7-o`quvchi: O`zbekiston tayanchi Qurolli kuchlari bor. U-xalqining suyanchi, Dushman qutirar bekor.