1-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz. 2-boshlovchi



Yüklə 20,86 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü20,86 Kb.
#138218
1   2   3
Konstitutsiya-baxtimiz-qomusi

8-o`quvchi:
-Mustaqil O`zbekiston
Dadil tutib o`zini,
Bormoqda o`z yo`lidan,
Aytmoqda o`z so`zini.
9-o`quvchi:
-Baxt berdi insonlarga
Onajon - O`zbekiston
U yuz tutdi jahonga,
Bo`ldi dovrug`i doston.

O`quvchilar “Sog`lom avlod qo`shig`i”ni ijro etishadi.




O’qituvchi:-Rahmat, o’quvchilar, chiroyli ijrolar uchun. Qani, endi ayting-chi, Konstitutsiyamiz necha bo`lim, necha bob va necha moddadan iborat ?
4-o`quvchi:
-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo`lim, 27 bob, 155 moddalardan tashkil topgan.
O`quvchi: -( bolalarga qarata ):-xo’sh o’quvchilar Konstitutsiyamizga qanday g`oyalar singdirilgan?
Davraga bir qancha o`quvchilar chiqib quyidagicha javoblar beradilar.
1-o`quvchi:
-Konstitutsiyamizning “muqaddima”sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko`rsatilishi muqarrar g`amxo`rlik to`grisidagi g`oyalar singdirilgan.
2-o`quvchi:
-Insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyamiz boblarida o`z ifodasini topgan.
O’qituvchi: endi yod olgan bo’lsangiz konstitutsiyamiz moddalaridan aytib bering
3-o`quvchi:
(Qo`lida O`zbekiston Konstitutsiyasi kitobi):
-Ozod, erkinlikning
Ramzi-bu kitob.
Unda aks etgandir
Haq-huquqimiz.
-Yo`limiz yoritar
Misoli oftob.
Qo`lda baland tursa
Agar tug`imiz.
4-o`quvchi:
-Millionlar taqdiri
Unda mujassam.
Qomuslar qomusi,
Deydi xalqimiz.
-Yer sharin yoritdi
O`zbekiston ham.
Yurtga fido bo`lsak,
Kular baxtimiz.
Sho`x musiqa yangrab, raqs ijro etiladi.


Yüklə 20,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin